Istanbulda o'zbekistonlik fuqaro zilziladan qo'rqib vafot etdi

2025-04-24 / 881

Bosh konsulxonaning ma’lum qilishicha, marhumda yurak yetishmovchiligi holati kuzatilgan.

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 23 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Silivri tumani (Istanbul viloyati)da 6,2 ballli yer qimirlashi qayd etilgan.

Ko‘plab aholi binolardan chiqib, ochiq joylarda to‘plangan. 151 nafar fuqaro qo‘rquv sabab balandlikdan sakragan holda tan jarohati olib, kasalxonalarda davolanmoqda. .

O‘zbekistoning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, Istanbul shahrida yashagan O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiaviy holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.

“Bosh konsulxona marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda”,- deyiladi xabarda.



Teglar: Istanbul Zilzila O'zbekistonlik

Tavsiya etamiz