O‘zbekistonda Yirik Korxonalar Sotuvga Qo‘yildi: UzAuto Motors, TTZ, Issiqlik Elektr Stansiyalari va boshqalar

2025-04-23 / 956

O‘zbekiston 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning aksiyalarini professional konsultantlarni jalb qilgan xholda xalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdolarga chiqaradi. Bu haqda Prezident tegishli qaror qabul qilgan.
Ushbu qaror davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investisiyalarni faol jalb etish maqsadida qabul qilindi.
Quyida savdoga chiqariladigan korxonalar sotiladigan ulushi bilan keltirilgan:
• “Universal Mobile Systems” MCHJ – 100%;
• UzAuto Motors AJ – 99,7%;
• “UzAuto Motors Powertrain” AJ – 100%;
• “Ubekinvest EISK” AJ – 75,24%;
• “O‘zag‘rosug‘urta” AJ – 99,35%;
• “Uzbekistan GTL” MCHJ – 100%;
• “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ – 96,7 foiz;
• “Transgazmaxsusqurilish” AJ – 77,6%;
• “Maxsusenergogaz” AJ – 41%;
• To‘raqo‘rg‘on, Yangiangren, Angren, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Taxiatosh IES – 100 foiz;
• Muborak, Farg‘ona issiqlik elektr stansiyalari – 100 foiz;
• “Texnopark” MCHJ – 100 foiz;
• “Uzbek Leasing International” AJ – 45,5%;
• “O‘zag‘rolizing” AK – 97,5%;
• “Toshkent traktor zavodi” MCHJ – 100 foiz;
• “Sherobod sement zavodi” MCHJ – 100 foiz;
• “Yo‘lqurilish” AJ – 100%;
• “O‘zsuvqurilish” AJ – 100%;
• “Sharg‘unko‘mir” AJ – 99,93%;
• “O‘zmetkombinat” AJ – 91%;
• “Navoiyazot” AJ – 75%.
Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 dekabrga qadar 2030 yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bu jarayonga xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari ham jalb etiladi.

Teglar: Uz Auto Motors Sotiladi

Tavsiya etamiz