Abduqodir Husanov faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

2025-04-23 / 701

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi a’zosi Abduqodir Husanov yaqin orada faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Italiyaning mashhur sport nashri “Lalazio” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli iqtidorli himoyachiga Turinning “Yuventus” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati hozirda jamoaning himoya chizig‘ini mustahkamlash ustida faol ish olib bormoqda va Husanovni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, manbalarda ta’kidlanishicha, ikki klub o‘rtasida futbolchilarni o‘zaro almashish varianti ham muhokama qilinmoqda. Chunki so‘nggi haftalarda “Manchester Siti”ning “Yuventus” futbolchisi Andrea Kambyasoga bo‘lgan qiziqishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu holat ikki tomon uchun manfaatli kelishuvga yo‘l ochishi mumkin.

Agar transfer amalga oshsa, bu Abduqodir Husanovning nafaqat klub darajasida, balki xalqaro maydonda ham tajriba orttirishiga katta imkoniyat yaratadi.

Teglar: Abduqodir Xusanov Futbol Italiya

Tavsiya etamiz