O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun majburiy da’vogar maqomini himoya qildi.

Sportchi raqibi argentinalik Franko Okamponi muddatidan oldin nokautga uchratdi.


O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov argentinalik Franko Okamponi mag‘lub etib, WBA kamari uchun majburiy da’vogar maqomini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.

13 aprelga o‘tar kechasi "Atlantik Siti"da bo‘lib o‘tgan jangda Shahram G‘iyosov argentinalik Franko Okamponi muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratib, raqibini to‘rtinchi raundda nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, sportchi yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy da’vogar maqomini muvaffaqiyatli himoya qildi. O‘zbekistonlik professional bokschi g‘alabasini 2025-yil mart oyida vafot etgan qizi xotirasiga bag‘ishladi.

Bu jang qizim uchun. Bu g‘alaba uning uchun. Men unga jahon chempioni bo‘lishga va’da berganman," - dedi Shahram G‘iyosov jangdan keyin bergan intervyusida.

Professional ringda o‘zbekistonlik sportchi 17 ta g‘alabaga erishgan, shundan 10 tasi nokaut bilan. Argentinalik Franko Okampo uchun bu muddatidan avvalgi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Teglar: sport G'iyosov shahram boks