Qozog‘istonda suv toshqinlari sabab 380 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonda bu yil suv toshqinlari boshlanganidan beri 383 kishi, jumladan, 101 nafar bola evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Kursiv”ning rasmiy so‘roviga javoban Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 380 nafar aholi, jumladan, barcha bolalar o‘z uylariga qaytgan. Vaqtinchalik joylashtirish punktlarida bir necha kishi qolgan. Yana ikki kishi qarindoshlarinikida qolgan. 

“Hukumat jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Zararni qoplash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Boshpanasiz qolgan odamlarga hukumatning 2014 yil 7 sentyabrdagi 1222-sonli qarori asosida yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etayotganini ham qo‘shimcha qilgan. 

Teglar: Qozog'iston suv toshqini evakuatsiya