Abdusattorov Parijdagi turnirdan qancha daromad ko‘rgan?

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025” turniri yakunlandi. Musobaqa ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattov 8-o‘rinni egalladi.

Chorak finalda azaliy raqibi norvegiyalik Magnus Karlsenga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan Abdusattorov 5-o‘rin uchun o‘ynash imkoniyatini saqlab qolgandi, ammo Abdusattorov Maksim Vashe-Lagravga imkoniyatni boy berdi.

7-o‘rin uchun bellashuvda esa Nodirbek rossiyalik Yan Nepomnyashiyga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, 8-o‘rin bilan kifoyalandi.

Shunday qilib, O‘zbekiston vakili turnirdagi ishtirokidan 20 ming AQSH dollar miqdorida foyda ko‘rdi.

Finalda Magnus Karlsen amerikalik Hikaru Nakamura ustidan 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi va 200 ming dollar pul ishlab topdi.

Turnir sovrindorlari:

  1. Karlsen — 200 ming dollar;
  2. Nakamura — 140 ming dollar;
  3. Karuana — 100 ming dollar;
  4. Keymer — 60 ming dollar;
  5. Arjun — 50 ming dollar;
  6. Maksim Vashe-Lagrav — 40 ming dollar;
  7. Ian — 30 ming dollar;
  8. Nodirbek Abdusattorov — 20 ming dollar;
  9. Pragnanandha — 15 ming dollar;
  10. Rapport — 10 ming dollar;
  11. Gukesh 7,5 ming dollar;
  12. Vidit — 7,5 ming dollar.

Teglar: shaxmat Nodirbek Abdusattorov daromad Parij