Oʼzbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Аbduqodir Husanov Manchester shahrida BMW i4 avtomobilida mashgʼulotlarga keladi.
Maʼlum boʼlishicha, Omar Marmush – Mercedes-Benz G-class, Bernardo Silьva – Mercedes-Benz GLE, Matteo Kovachich – Aston Martin DBX, Matteus Nunes – Mercedes-Benz G-Class, Jeremi Doku – Mercedes-Benz G-Class, Fil Foden – Mercedes-Benz G-Class, Niko Gonsales – Mercedes-Benz AMG, Jek Grilish – Lamborghini Urus avtomobilidan mashgʼulotlarga kelgani tasvirlangan.
Avvalroq Husanov Toshkentga kelganida unga oʼzbek futboli funktsioneri Ulugʼbek Аsanboev Mercedes-Benz G-class, yaʼni “Gelik” avtomobili sovgʼa qilgandi.
Maʼlumot oʼrnida, BMW i4 avtomobilining narxi 61 ming dollar, yaʼni 793 million soʼm hisoblanadi.