Dunyodagi ilk qutqaruvchi dron ishlab chiqarildi

Xitoy qutqaruv operatsiyalari uchun eng qiyin sharoitlarda ishlay oladigan noyob dronni taqdim etdi. Bu haqda “China Daily” nashri xabar berdi.

Dron Xitoyning Haishen Medical Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Yangi dron zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. U qurbonlarning nafas olishini nazorat qilishi, tomir ichiga yuborish muolajalarini amalga oshirishi, ularning sog‘lig‘ini kuzatishi va hatto defibrillyatorni amalga oshirishi mumkin.

Haishen Medical Technology kompaniyasi ishlab chiquvchilari dronning qurilmasi qidiruv-qutqaruv missiyalari uchun mo‘ljallanganini tushuntirgan. U ochiq dengizda ishlaydi va 25 daraja sovuqdan 46 darajaga issiqqacha bo‘lgan haroratga bardosh bera oladi.

Dron voqea sodir bo‘lgan joyda bevosita birinchi yordam ko‘rsatishga qodir. Shuningdek, u jabrlanuvchilarni keyingi davolanish uchun tezda xavfsiz joyga olib borishi mumkin. 

Teglar: qutqaruvchi dron