Zelenskiy Uchinchi jahon urushi haqida bayonot berdi

Bundan tashqari, u АQShning "neytral pozitsiya"ni egallashi notoʼgʼri ekanini taʼkidladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CBS News telekanaliga bergan intervьyusida Ukrainadagi urush jahon miqyosidagi toʼqnashuvga aylanishi mumkinligini aytdi va Uchinchi jahon urushi xavfi mavjudligini taʼkidladi.

'"gar biz qatʼiy turmasak, u (Rossiya prezidenti Putin) yana olgʼa yuradi. Bu beasos taxminlar emas, balki haqiqiy tahdiddir. Putinning soʼnggi maqsadi — Rossiya imperiyasini tiklash va hozirda NАTO himoyasidagi hududlarni qaytarib olish. Shuning uchun ham bu urush jahon urushiga aylanishi mumkin, deb hisoblayman", — dedi Zelenskiy.
Bundan tashqari, u АQShning «neytral pozitsiya»ni egallashi notoʼgʼri ekanini taʼkidladi:

"Prezident Tramp, kuchli rahbar sifatida, Ukraina tomonida boʼlishi kerak", — dedi Zelenskiy. Shuningdek, u Trampni Ukrainaga taklif qilib, u Rossiya hujumining oqibatlarini oʼz koʼzi bilan koʼrishi lozimligini qoʼshimcha qildi.

Teglar: Zelenskiy Uchinchi jahon urushi