Mamlakatlar loyihani amalga oshirishda hamkorlikni kengaytiradilar.
O‘zbekiston va Rossiya Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishni boshlash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi, deb xabar bermoqda Rossiya Transport vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston Transport vazirliklari, shuningdek, "Rossiya temir yo‘llari" va "O‘zbekiston temir yo‘llari" bir qator hujjatlar to‘plamini imzolagan. Ular bo‘yicha 2025-yilda Rossiya loyihalash tashkilotlari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari bo‘limlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi hamda yuk oqimlari hajmi va iqtisodiy samaradorlik prognozini tuzadi.
Xususan, tomonlar kelajakda poyezdlar jo‘naydigan ikkita yo‘nalishni ham belgilab oldilar:
"Mozori-Sharif - Hirot - Dilorom - Qandahor - Chaman";
"Termiz - Naibobod - Logar - Xarlachi."